Jerard: "Aston Villa"ga kelganidan keyin Koutinoning "Barselona"da baxtsiz bo'lgani ko'rindi"

Mirjalol Normatov
20 okt 2022, 00:55
"Aston Villa" bosh murabbiyi Stiven Jerard jamoa tarkibida o'ynayotgan Filippe Koutino borasida gapirdi.

"Filippe bilan shartnoma imzolab, jamoaga olib kelganimizdan keyin uning "Barselona"da qanchalar baxtsiz bo'lgani ko'rindi. Raqamlar ham uning u yerda unchalik yaxshi holatda bo'lmaganini ko'rsatadi. Biz esa bu yerda unga kerakli bo'lgan quvvatni beryapmiz.

U ishlamoqda va jamoaga yordam berishni istayapti. Balki unga ishonchni qaytarish uchun biroz ishonch kerakdir. "Barselona"da u o'z iqtidori va mahoratini yo'qotgani yo'q. Bu erga yetib kelganida ham yaxshi darajada edi", - dedi Jerard.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal