Yens Keller: "Endi bor e'tiborni "Real" bilan o'yinga qaratamiz"

Tolibjon Qosimov
22 fev 2014, 13:19
"Shalke" bosh murabbiyi Yens Keller "Maync"ga qarshi o'yindan (0:0) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
- "Shalke" uchun o'yin qiyin kechdi. Birinchi bo'limda juda yomon o'ynadik. Durang bu yaxshi natija.

Endi bor e'tiborimizni YCHL doirasidagi "Real"ga qarshi bahsga qaratamiz. "Shalke" "Qirollik klubi" bilan bahsda oxirigacha kurashadi, - deydi Keller Kicker nashriga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net