"Jenoa"da o'zgarishlar boshlanmoqda

Mirjalol Normatov
15 okt 2021, 22:14
Franchesko Marrokku endilikda "Jenoa" sport direktori hisoblanmaydi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, mutaxassis bilan shartnoma ikki tomonning kelishuviga ko'ra, bekor qilingan. Italiya matbuotining yozishicha, klubdagilar ayni damda bosh murabbiy Davide Ballardinining iste'fosini ko'rib chiqmoqda.

Ayni damda "Jenoa" A Seriyada 5 ochko to'plagan holda 16-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: genoacfc.it