"Jenoa" to'purari "Inter"ga o'tishga rozi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
24 mar 2024, 21:55
Albert Gudmundsson "Inter"ga o'tishni istamoqda.

"TuttoMercatoWeb" xabariga ko'ra, "Jenoa" hujumchisi "Inter"ga o'tishga rozi bo'lgan. "Rossoneri"dan tashqari islandiyalikka "Tottenxem" tomonidan ham qiziqishlar bo'lgandi. Biroq Gudmunsson Italiya chempionatidan ketishni istamagan.

Manbada aytilishicha, "Jenoa" to'purarini 30 mln evroga baholagan. Agarda "Jenoa" narxni tushirmasa, "Inter" futbolchini ijaraga olmoqchiyu

Ushbu mavsumda 26 yoshli hujumchi 27 o'yinda maydonga tushib, 10 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: TuttoMercatoWeb