"Jenoa" muxlislari "Empoli"ga qarshi bahsda 43 daqiqa jim o'tirishdi

Aslanov Jasurbek
27 avg 2018, 16:52
"Jenoa" muxlislari "Empoli"ga qarshi bahsda (2:1) Genuyadagi ko'prik qulashi qurbonlari xotirasiga akciya o'tkazishdi.

Genuya klubi ishqibozlari qurbon bo'lgan 43 kishi xotirasiga 43 daqiqa jimlik saqlashdi. Keyin ular shahar nomini aytib baqirishdi.

O'yindan oldin bir daqiqa sukut saqlandi, keyin esa maydonga qurbon bo'lganlarning yaqinlari taklif etildi.

14 avgust kuni Genuyada avtomobil ko'prigining bir qismi qulab tushdi. Ushbu xodisa tufayli 43 kishi vafot etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru