"Jenoa" byudjet cheklanganligi sabab Shomurodovni sotib olmaydi

Alisher
29 sen 2020, 16:00
"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov "Jenoa"ga o'tmaydi.

A Seriya klubida bitimni amalga oshirish uchun etarli mablag' yo'q. "Jenoa" O'zbekiston terma jamoasi forvardi o'rniga "Sassuolo" hujumchisi Janluka Skamachchani ijaraga olishni rejalashtirmoqda. 21 yoshli o'yinchi o'tgan mavsuni ijara asosida B Seriyada, aniqrog'i "Askoli" safida o'tkazgan edi.

Oldinroq, "Jenoa"ning Shomurodovga jiddiy qiziqish bildirayotgani va 8 million evroga xarid qilishga tayyorligi aytilgan edi.

Shuningdek, "Rostov" bu mablag'ni kam deb hisoblab, taklifga rad javobini berishi mumkinligi ham xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: metaratings.ru