"Jenoa" A Seriyaga qaytdi

Alisher
7 may 2023
"Jenoa" Italiyaning ikkinchi divizionidagi bir mavsumdan so'ng A Seriyaga qaytdi.

Alberto Jilardino jamoasi B Seriya 36-tur doirasidagi "Askoli" (2:1)ga qarshi uydagi o'yinda g'alabaga erishdi va "Frozinone"dan so'ng yuqori ligaga yo'l olish masalasini hal qildi.

"Frozinone" B Seriyada turnir yakunlanishiga 2 tur qolganda 74 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, "Jenoa" esa ikkinchi (70). Uchinchi o'rinda 62 ochko bilan "Bari" bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia