Italiyalik mutaxassis: "Milliy terma jamoadagi imkoniyat uchun Fabio Kannavaro va O'FAga minnatdorchilik bildiraman"

Aslanov Jasurbek
19 noya 2025, 17:12
Misr va Eron terma jamoalariga qarshi bahslarda O'zbekiston terma jamoasi ustozi Fabio Kannavaroga yordam bergan "Bunyodkor" tahlilchisi Karlo Alberto Bertone bosh murabbiyga minnatdorchilik bildirdi.

"Keyingi kun avvalgisidan go'zalroq bo'ladi. Milliy terma jamoadagi imkoniyat uchun Fabio Kannavaro va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildiraman. Bu onlarni unutmayman. Endi klubimga qaytib, mavsumni yaxshi kayfiyatda yakunlashga tayyorman" - deb yozdi Karlo Alberto Bertone ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.


O'zbekistonning italiyalik tahlilchisi Kannavarodan taklif, "Squadra Azzurra"ning muvaffaqiyatsizligi hamda U-17 jahon chempionati nimchorak finali haqida gapirdi  

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia