Jeko "Vest Xem"ni rad etdi. Forvard "Roma"dan qishda ketmoqchi

Alisher
26 yanv 2021, 11:55
"Roma" hujumchisi Edin Jeko bosh murabbiy Paulu Fonseka bilan kelishmovchiligi sabab yanvarda klubini o'zgartirmoqchi.

"Vest Xem" 34 yoshli bosniyalik futbolchi bo'yicha taklif tayyorladi, ammo Jekoning o'zi London klubi taklifini rad etdi.

Yaqinda forvardning agenti o'yinchining klubdan ehtimoliy ketishini muhokama qilish uchun "Roma" ofisiga tashrif buyurdi.

Eslatib o'tamiz, Jeko faoliyati davomida "Roma"dan tashqari "Jeleznichar", "Teplice", "Usti-nad-Labem" (ijara), "Volfsburg" va "Manchester Siti" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia