Jek Uilshir Turkiya klubiga o'tmaydi

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2018, 15:05
Yozda "Arsenal" bilan shartnomasi yakunlangan yarim himoyachi Jek Uilshir faoliyatni Turkiyada davom ettirmaydi.

Unga "Fenerbaxche" qiziqish bildirayotgan edi.

Uilshir faoliyatini "Vest Xem"da davom ettirishga yaqin turibdi. U "bolg'aurarlar"ga erkin agent sifatida o'tadi. 26 yoshli yarim himoyachi London klubida har hafta 100 ming funt ishlab topadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sun Sport