JCH yo'llanmasini qo'lga kiritgan Saudiya Arabistoni termasi futbolchilari katta miqdorda bonus olishadi

Khoja
15 okt 2025, 08:27
Tunda Saudiya Arabistoni termasi Iroqqa qarshi uchrashuvda durang o'ynadi va JCH yo'llanmasini naqd qildi.

Kechagi ijobiy natija uchun saudiyaliklarning har bir futbolchisi 1,2 million evrodan mukofot puli olishadi. Bu haqda Tolibjon Qosimov o'zining telegram kanalida ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo qitasidan Saudiya Arabistoni termasidan tashqari, O'zbekiston, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Avstraliya, Iordaniya, Eron va Qatar terma jamoalari JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdi. BAA va Iroq terma jamoalari esa pley-off bahslarida ishtirokidagi ijobiy natijasi orqali kelasi yilgi mundialga yo'llanmani qo'lga kiritishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: @qosimovt