JCH saralashidagi raqib – Xitoy termasi Filippin bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
4 may 2017, 11:05
O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhidagi raqibi – Xitoy termasi Suriyaga qarshi 8-tur o'yini oldidan Filippin terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Ushbu o'yin 7 iyun kuni Guanjou shahrida bo'lib o'tadi. Xitoyliklar 6 kundan keyin, yani, 13 iyun sanasida safarda Suriya bilan kuch sinashadi.

Oldinroq O'zbekiston termasining guruhdagi boshqa raqibi – Eron terma jamoasi 4 iyun kuni Chernogoriya bilan o'rtoqlik bellashuvida maydonga tushishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o'tamiz, JCH–2018 saralashi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 13 ochko bilan ikkinchi, O'zbekiston 12 ochko bilan hozircha 3-pog'onada bormoqda. 4–6 o'rinlarni mos ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va Qatar (4 ochko) termalari egallagan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com