JCH-2026. Yana uchta terma jamoa mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Khoja
5 sen 2025, 08:35
Tongda Janubiy Amerikada bo'lib o'tgan o'yinlardan so'ng yana uchta terma jamoa 2026 yilda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Bugungi bahslardan so'ng Urugvay, Kolumbiya va Paragvay MTJlar mundial yo'llanmasini naqd qildi.

Shu tariqa, endilikda JCHda ishtirok etadigan 48 ta mamlakatdan 16 tasi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, ushbu JCHga O'zbiston MTJ ham ilk bor ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com