JCH-2026. Yaponiya Tunisni yirik hisobda mag'lub etdi

21 iyun 2026, 10:55
"F" guruhidan o'rin olgan Tunis va Yaponiya bahsi yakunlandi.

Uchrashuv 4:0 hisobida osiyoliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvni 4-daqiqada Daichi Kamada gol urdi va hisobni ochdi. 31-daqiqada esa Ayase Ueda hisobni 2 taga oshirdi va shu hisob bilan birinchi bo'lim yakunlandi. Ikkinchi bo'limning 69-daqiqasida Dzyunya Ito hisobni yirik ko'rinishga keltirgan bo'lsa, bahs yakuniga 6 daqiqa qolganida Ayase Ueda dubl qayd etib, hisobni yanada yirik ko'rinishga keltirdi.

Tunis terma jamoasi bugungi mag'lubiyatdan so'ng guruhdan chiqib imkonini yo'qotdi

Tunis - Yaponiya 0:4

Gollar: Daichi Kamada 4', Ayase Ueda 31', 84', Dzyunya Ito 69'

BBVA, Monterrey, Meksika

Tunis: Damen, Abdi, Talbi, Rekik, Bronn, Valeri, Mejbri, Skiri, Slimane, Tunekti, Saad.

Yaponiya: Sudzuki, Itakura, X. Ito, Tomiyasu, Tanaka, Doan, Nakamura, D. Ito, Kamada, Sano, Ueda.



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia