JCH-2026 finalidagi chiptalar so'nggi jahon chempionatiga nisbatan o'n barobar qimmatroq

Khoja
16 okt 2025, 08:28
2026 yilgi jahon chempionati o'yinlarining chiptalar narxlari so'nggi jahon chempionatiga nisbatan keskin oshdi, deb yozmoqda The Telegraph.

Ma'lumotlarga ko'ra, hozirda ochilish o'yini uchun chiptalar 370 dollardan boshlanadi, eng qimmati esa 1800 dollarga etadi. Taqqoslash uchun, Qatarda ular mos ravishda 55 va 618 dollardan sotilgan.

Kelgusi yoz Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan final uchrashuvining chiptalari esa 2000 dollardan boshlanadi, Qataragi final uchun chiqarilgan eng arzon chiptalar 230 dollardan sotilgan.

Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Mekcikada bo'lib o'tadi. Ushbu mundialda O'zbekiston MTJ ilk bor ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: The Telegraph