JCH-2022ning birinchi stadioni ochildi

Aslanov Jasurbek
17 may 2019
Kecha, 16 may kuni Qatarda bo'lib o'tadigan JCH-2022ning birinchi stadionida ilk uchrashuv bo'lib o'tdi.

"Al-Janub" nomli arenada Qatar Amir Kubogining final uchrashuvi o'tkazildi. Sovrin uchun bahsda "Al-Sadd" "Al-Duhayl"ga 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Al Duhayl" - Amir Kubogi sohibi

Eslatib o'tamiz, "Al-Janub" stadioni 40 ming muxlisga mo'ljallangan bo'lib, JCH-2022 uchun tayyorlangan birinchi arena hisoblanadi.






Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gettyimages.com