"Al Duhayl" - Amir Kubogi sohibi

Xayrulla Xoliqov
17 may 2019, 09:00
Qatarda Amir Kubogi final uchrashuvi o'tkazildi.

Bunda mamlakatning eng kuchli ikki jamoasi - "Al Duhayl" va "Al Sadd" o'zaro bellashib, yakunda "Al Duhayl" 4:1 hisobida g'alabaga erishdi.  Bu o'yinda Xavi g'alaba qozonishni juda xohlagandi, chunki u "Al Sadd" safida oxirgi uchrashuvini o'tkazdi. Biroq uning jamoasi yirik hisobda yutqazib qo'ydi. 

Endi har ikki jamoa navbatdagi uchrashuvni Osiyo chempionlar ligasi doirasida o'tkazadi. "Al Sadd" "Persepolis"ga qarshi bahs olib borsa, "Al Duhayl" "Al Hilol" bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com