JCH-2022 saralashi. O'zbekiston MTJga 2ta gol urgan futbolchi uzoq muddatga safdan chiqqan

Aslanov Jasurbek
28 apr 2021, 13:25
Iyul oyida Saudiya Arabistonida JCH-2022 saralashi "D" guruhi doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tadi.

Unda O'zbekiston terma jamoasi uchta uchrashuv o'tkazadi. 

Saudiya Arabistoni terma jamoasi yetakchisi Salmon Al Faraj jiddiy jarohat olgani bois iyul oyidagi o'yinlarda maydonga tusha olmaydi. E'tiborlisi Al Faraj 2019 yil noyabr oyida Toshkentda o'tgan O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvida dublga erishgandi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia