JCH-2022 saralashi. Guruhdoshimiz Yaman terma jamoasi ustozi: "Singapurni birinchi taymda o'rganamiz"

Narzulla Saydullayev
5 sen 2019, 11:21
Bugun JCH-2022 saralashi doirasidagi Singapur - Yaman uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Kecha odatga ko'ra o'yindan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Yaman futbol Assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi. Unda Yaman bosh murabbiyi Sami Al Naash hamda jamoa sardori Salim Avad ishtirok etishdi.

Sami Al Naash, Yaman terma jamoasi bosh murabbiyi:

"Futbolchilar o'yinga tayyor va yaxshi kayfiyatda ijobiy natijaga umid qilishmoqda. Bizning jamoa tajribali va yosh futbolchilar uyg'unligidan tashkil topgan. Har bir futbolchi o'zini ko'rsatishga va vatan shanini munosib himoya qilishga tayyor. Singapur terma jamoasi haqida bazi ma'lumotlarga egamiz, ammo bu etarli emas. Shu bois birinchi taymda raqibni o'rganamiz va ikkinchi bo'limda uning kuchsiz tomonlaridan foydalanishga harakat qilamiz".



Salim Said Avad, Yaman terma jamoasi sardori:

"Barchamiz Singapur bilan bahsga tayyormiz. Ikkala jamoa uchun ham saralashni yaxshi boshlash juda muhim hisoblanadi. Ikki jamoa ham 3 ochko olishga intilishi aniq. G'arbiy Osiyo chempionatidagi o'yinlar orqali JCH-2022 saralashiga tayyorlandik. Endi tayyorgarlikni rasmiy o'yinlarga ko'chirish lozim. Birinchi o'yindagi g'alaba bizga qo'shimcha ishonch bag'ishlaydi va butun cikl davomida yaxshi kayfiyat taqdim etadi".



Eslatib o'tamiz, Yaman va Singapur terma jamoalari O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olishgan. Guruhdoshlarimiz o'rtasidagi bugungi bahs Toshkent vaqti bilan soat 16:45da boshlanadi. Uchrashuvni Sport telekanali jonli efirda namoyish etishni rejalashtirgan.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia