

FOTO O'zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni poytaxtida!
JCH saralash ikkinchi bosqichdagi raqiblarimizdan biri Falastin terma jamoasi kecha tunda Ar Riyod shahriga yetib bordi. Qirol Holid Xalqaro aeroportida falastinlik futbolchilar tantanali ravishda kutib olindi. Terma jamoa Saudiya poytaxtiga 17 nafar o'yinchi bilan keldi, qolganlar esa endi yetib kelishadi. Xususan, yaqindagina yakuniga etgan OFK Kubogi-2021 guruh bosqichida ishtirok etgan "Merkaz Balata" va "Shabab Al Amari" klublaridagi terma jamoa a'zolari ham tarkibga keyinroq qo'shilishadi.





Eslatib o'tamiz, Falastin terma jamoasi Ar Riyodda ikkita o'yin o'tkazadi. Bular 3 iyun sanasida Singapurga va 15 iyun kuni Yamanga qarshi.



