O'zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni poytaxtida!

Sherzod Nurmatov
2 iyun 2021
Terma jamoamiz delegaciyasi Dubaydan Ar Riyod shahriga yetib bordi.

"Dubay shahrida qisqa muddatli o'quv-mashg'ulot yig'inini tamomlagan O'zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.

Milliy terma jamoamiz delegaciyasi Dubay - Riyod havo reysi orqali biroz avval Qirol Holid Xalqaro Aeroportiga yetib keldi.

Delegaciyaning har bir a'zosi koronavirus uchun test topshirdi. Test natijalari chiqquniga qadar O'zbekiston delegaciyasi vakillari mazkur mehmonxonada yakkalik rejimida bo'lib turadi", – deya xabar berdi O'FA matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston MTJ JCH-2022 hamda OK-2023 qo'shma saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistonida markazlashgan turnirda qatnashadi. Unda O'zbekiston milliy terma jamoasi Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.


JCH-2022. Saralash bosqichi

D guruhi uchrashuvlari


07.06.2020 | 23.00

O'zbekiston - Singapur


11.06.2021 | 23.00

Yaman - O'zbekiston


15.06.2021 | 23.00

Saudiya Arabistoni - O'zbekiston


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати