JCH-2022 saralash bosqichi. "C" guruhi jamoalari

Xayrulla Xoliqov
5 sen 2019, 07:12
Bugun Osiyo mintaqasida JCH-2022 saralash bosqichining ikkinchi raundiga start beriladi.

Ma'lumki, saralashning ushbu bosqichida 40ta jamoa qatnashadi. Jamoalar beshtadan 8 guruhga bo'lingan. Guruh g'oliblari hamda eng yaxshi to'rtta ikkinchi o'rin egasi keyingi bosqichga yo'l olish bilan birga Osiyo Kubogi-2023 yo'llanmasini ham qo'lga kiritadi. 

Quyida "C" guruhi jamoalariga to'xtatib o'tamiz. Bu guruhda Eron, Iroq, Bahrayn, Gonkong va Kambodja o'zaro bahs olib boradi. 

ERON

FIFA reytingidagi o'rni: 23

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: Chempion (1968, 1972, 1976)

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: 5 marta guruh bosqichi 

Bosh murabbiy: Mark Vilmots (Belgiya) 


IROQ

FIFA reytingidagi o'rni: 77

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: Chempion (2007) 

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: Guruh bosqichi (1986) 

Bosh murabbiy: Srechko Katanets (Sloveniya) 


BAHRAYN

FIFA reytingidagi o'rni: 109

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: 4-o'rin (2004)

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: Hali chiqmagan 

Bosh murabbiy: Elio Souza (Portugaliya) 


GONKONG

FIFA reytingidagi o'rni: 139

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: 3-o'rin (1956) 

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: Hali chiqmagan 

Bosh murabbiy: Mixu Paatelaynen (Tailand) 


KAMBODJA

FIFA reytingidagi o'rni: 170

Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi: 4-o'rin (1972)  

Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijasi: Hali chiqmagan 

Bosh murabbiy: Feliks Dalmas (Argentina)


Sentyabr oyida bo'ladigan o'yinlar: 


5 sentyabr. 1-tur

Kambodja - Gonkong

Bahrayn - Iroq


10 sentyabr. 2-tur

Kambodja - Bahrayn

Gonkong - Eron

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia