⚡️ JCH-2022. O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi “o'lim guruhi”dan peshqadam sifatida muddatidan oldin 1/8 finalga chiqdi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
2 okt 2022, 18:26
Biroz oldin, Turkiyada davom etayotgan jahon chempionati 2-turidan o'rin olgan Ispaniya hamda O'zbekiston termalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Bahsda hamyurtlarimiz Qudrat Xudoyqulovning dubli Aziz Abdurahmonov goli evaziga yevropa vice-chempionini 3:0 hisobida taslim etishga erishdi. Dastlabki turda esa Evro-2021 bronza medali sohibi Polsha 3:1 natijasi bilan mag'lub etilgandi.

Guruhdagi ikkinchi o'yinda polshaliklar Tanzaniyani yirik (3:0) hisobda ustun kelishdi. Shu tariqa, Rustam Mehmonov shogirdlari “o'lim guruhi”da birinchi o'rinni muddatidan oldin hal etgan holda 1/8 finalga yo'l oldi.

O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasiga keyingi bosqichda A/B/C/D guruhida 3-o'rinni egallagan jamoalardan biri raqiblik qiladi. Mazkur raund bahslari 5 oktyabrga belgilangan. Ungacha esa hamyurtlarimiz guruh bosqichidan o'rin olgan oxirgi o'yinini ertaga, 3 oktyabr kuni autsayder Tanzaniyaga qarshi o'ykazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 13:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia