JCH-2022. O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi so'nggi turda Tanzaniyaga mag'lub bo'ldi

Sherzod Nurmatov
3 okt 2022, 16:15
O'zbekiston termasi mundialda guruh bosqichidagi oxirgi tur uchrashuvini o'tkazdi.

Unda keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan vakillarimiz 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

O'zbekiston – Tanzaniya 0:2

Gollar: Antoni Stevin, Kiyanga Alfan

Guruh bosqichida 1/8 finalga 1-2-o'rin egalari (12 ta) hamda 3-o'rinni qo'lga kiritgan eng yaxshi 4 jamoa yo'l oladi.

Rustam Mehmonov shogirdlari 1/8 finaldan muvaffaqiyatli o'tsa, chorak finalda "D" guruhi g'olibi (hozircha Eron) hamda "F" guruhida (hozircha Italiya) 2-bo'lgan jamoa o'rtasidagi uchrashuvda muvaffaqiyat qozongan ishtirokchiga qarshi to'qnash keladi.

Eslatib o'tamiz, 3-tur oldidan O'zbekiston bilan birga amaldagi Jahon chempioni Angola, Yaponiya, Gaiti hamda mezbon Turkiya keyingi bosqich masalasini hal qilib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia