⚡️ JCH-2022. Bugun O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Yevropa vice-chempioniga qarshi o'ynaydi (+jadval va LINK)

Eldor Akmurzayev
2 okt 2022, 08:15
Turkiyada 17-jahon chempionatining ilk tur bahslari yakunlandi.

Vakillarimiz dastlabki o'yinda Evro-2021 bronza medali sohibi Polshani 3:1 hisobida taslim etishga erishdi. Bugun, 2 oktyabr kuni Rustam Mehmonov shogirdlari musobaqadagi 2-tur uchrashuvini o'tkazadi. Raqib Yevropa vice-chempioni Ispaniya TJ bo'ladi. Bo'lajak bahs Toshkent vaqti bilan 15:00 da start oladi.

Eslatib o'tamiz, ispanlar ilk turda Tanzaniya bilan nursiz durang o'ynashdi – 0:0.

JCH-2022. 2-tur

15:00, Ispaniya – O'zbekiston

"TFF Riva Facility" maydoni, Istanbul

Jonli efirda ko'rish LIVE

"E" kvartetidagi holat

 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia