JCH-2022. Kechagi uchrashuvlarning eng yaxshi futbolchilari

Eldor Akmurzayev
7 dek 2022, 09:05
Kecha, 6 dekabr kuni Qatardagi mundial 1/8 finalidan o'rin olgan oxirgi uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Marokash – Ispaniya 0:0 (pen – 3:0)

Penaltilar seriyasida qahramonga aylangan Yassin Bunu “man of the match” sovrinini qo'lga kiritdi. U Karlos Soler hamda Serxio Buskets tomonidan berilgan zarbalarni qaytarishga erishdi.

Portugaliya – Shveytsariya 6:1

Joriy musobaqadagi ilk xet-trik muallifiga aylangan Gonsalu Ramush o'yinning eng yaxshi deb topildi. U 17, 51 hamda 67-daqiqalarda Yan Zommerni ojiz qoldirdi. 21 yoshli hujumchi “Benfika”da harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia