JCH-2022. Messi super o'yin ko'rsatgan bahsda Argentina Xorvatiyani yirik hisobda mag'lub etib, finalga yo'l oldi

Оқил Абдубарноев
14 dek 2022
Jahon chempionatining 1/2 finalidan o'rin olgan Argentina - Xorvatiya uchrashuvi yakunlandi.

Argentina - Xorvatiya 3:0

Gol: 34 - Messi, 39 - Alvares, 69 - 39 - Alvares

Argentina: Martines, Molina, Romero, Otamendi, Talyafiko, De Paul, Paredes, Enco Fernandes, Mak Allister, Messi, Alvares.

Xorvatiya: Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa, Modrich, Brozovich, Kovachich, Pashalich, Kramarich, Perishich.



YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga besh daqiqa qo'shib berdi

89. Mayerning zarbasini yana darvozabon ushlab oldi

87. O'zgarish: Anxel Korrea va Xuan Foyt maydonga tushdi. Ular Makallister va Molina alishtirildi

85. Mayer burchakdan yaxshi uzatmani amalga oshirdi, biroq yana Xorvatiyaga omad kulib boqmadi

83. Aleksis Makallister ajoyib tarzda zarba yo'lladi, biroz noaniq

81. O'zgarish: Modrich maydoni tark etdi, uning o'rniga Lovro Mayer maydonga tushdi

79. Mislav Orshichning zarba noaniq. Bugun Xorvatiyaning hujumlari umuman o'xshamayapti

74. O'zgarish: De Paul va Alvares maydoni tark etdi, ularning o'rniga Dibala va Palasios maydonga tushdi

73. Perishichning jarimadan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

72. Ogohlantirish: Otamendi ogohlantirildi

69. GOOOOOOOOOOL. Messi turnir davomida maqtanib kelingan Gvardiolni xot-dogga tashlab ketdi va Alvaresni  oziga chaynab solib qo'ydi. Alvares esa o'z imkoniyatidan foydalandi

68. Ogohlantirish: Romero ogohlantirildi

62. Xorvatiyada yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, biroq Lotin Amerika vakillari hujumni bartaraf etishdi

62. O'zgarish: Paredesning o'rniga Lisandro Martines maydonga tushdi

58. Messining yaqin masofadan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytarmoqda

54. Xorvatiya bugun umuman o'ziga o'xshamayapti. Uzatmalarda xatolar juda ko'p

49. Leandro Paredesning zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi

46. O'zgarish: Sosa va Pashalich maydoni tark etdi, ularning o'rniga Orshich va Vlashich maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berdi

45. Xorvatiya birinchi bo'lim so'nggida yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi. Andrey Kramarichning zarbasini Martines qaytarmoqda

Bo'yi past argentinaliklar esa burchak to'plaridan ajoyib tarzda foydalanishmoqda

42. Argentinada navbatdagi super imkoniyat. Nikolas Talyafikoning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytarmoqda

Xorvatiya ikkinchi marta qarshi hujumda ushlandi. Dalich uzun bo'yli futbolchilari bilan negadir eng kichik terma jamoa bilan burchak zarbalarini ahmoqona amalga oshirmoqda

39. GOOOOOL-GOOOOOOOL. Alvares super gol urmoqda. Bir o'zi butun Xorvatiya darvozasini dog'da qoldirdi

34. GOOOOOOOOOOL. Messi hisobni ochdi

33. Ogohlantirish: Livakovich va Lovren ogohlantirildi

32. Penalti. Alvares birga bir chiqdi va zarba yo'llash arafasida unga Livakovich urildi va hakam ikkilanmasdan 11 metnlik nuqtani ko'rsatdi

31. Xorvariya yaxshi hujum tashkil qildi. Perishichning zarbasiga esa aniqlik yetishmadi

25. Nihoyat uchrashuvdagi ilk zarba. Aleksis Makallisterning uzoqdan yo'llagan zarbasini Xorvatiya posboni qiyinchilik bilan ushlab oldi

Lionel Messi JCH rekordini takrorladi
Leo jahon chempionatlari asosiy bosqichida o'zining 25-o'yinini o'tkazmoqda. Shunday qilib, u Lottar Matteusning 25 uchrashuvlik rekordini takrorladi. Agar argentinaliklar finalga yo'l olsa, Messida mutlaq rekordchi bo'lish imkoniyati paydo bo'ladi

16. Uchrashuv kutilganidan ham zerikarli davom etmoqda. Xorvatiya to'pni o'zida ushlab turibdi

10. Xorvatiya na o'zi na raqibga hujum qilishga imkon bermayapti

5. Perishich qanotdan to'pni uzatdi va Emiliano Martines ushlab oldi

UCHRASHUV BOSHLANDI!



Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia