JCH-2021. Braziliyadan 100 foizlik natija, Vetnam ham pley-offga chiqdi + jadval

Tolibjon Qosimov
20 sen 2021, 15:20
Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

FOTO  JCH-2021. Tailand 9ta gol urib guruhdan chiqdi + jadval

"D" guruhida qitadoshimiz Vetnam terma jamoasi Chexiya bilan bellashdi. Unda 1:1 hisobi qayd etildi va har ikki jamoa guruhdan chiqish masalasini ijobiy hal qildi. Vetnam 4 ochko to'pladi va uchinchi o'rin bilan pley-offga yo'l oldi. Guruhning ikkinchi bahsida esa Braziliya Panamaga beshta gol urdi.

Futzal bo'yicha Jahon chempionati-2021

"D" guruhi

3-tur, 19.09.2021

Braziliya - Panama 5:1

"Klaypeda Arena", Klaypeda

Gollar: Roxa 15, Gadeia 18, Leonardo 29, Artur 40, Pito 40 - Makuensi 32

Ogohlantirish: L.Lino 16 (Braziliya)


Chexiya - Vetnam 1:1

"Kaunas Arena", Kaunas

Gollar: Resetar 36 - S.Doan Pxat 35

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia