JCH-2018dagi natijadan qatiy nazar Sautgeyt Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib qoladi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2017, 19:14
Angliya futbol federatsiyasi ijrochi direktori Martin Glenning takidlashicha, 2018 yil bo'ladigan jahon chempionatidagi natijasidan qatiy nazar Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt o'z joyida qoladi.

Inglizlar guruh bosqichida Tunis, Panama va Belgiya terma jamoalari bilan o'ynaydi.

"Garet ko'p yillarga moslangan jamoani qurishini istaymiz, shu sababli u bilan uzoq muddatlik shartnoma tuzganmiz. U jahon chempionatini tramplin sifatida ko'rayotgani yo'q, Sautgeyt Rossiyaga g'alaba uchun bormoqda. Buning uchun futbolchilarni tanlab olamiz va ular Rossiyada hamda Evro-2020 hamda JCH-2022da bor kuchini ko'rsatishadi" - deydi Glenn.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror