JCH-2018dagi Germaniya-Shvetsiya "seriali" haqida

29 iyun 2018, 22:50
Rossiyada o'tayotgan Jahon chempionatida amaldagi chempion Germaniya o'rin olgan guruhdan Shvetsiya va Meksika terma jamoalari pley-offga yo'l olishdi.

Germaniya esa sharmandali natija qayd etib, guruhda oxirni o'rinni egalladi. Biz esa Germaniya qayd etgan natija xususida emas, balki Shvetsiya va Germaniyaning maydondan tashqaridagi o'zaro kurashiga e'tibor qaratishni lozim topdik.

1-qism. JCH-2018ning "F" guruhida 2-tur doirasidagi Germaniya - Shvetsiya uchrashuvidan oldin shvetsiyalik jurnalist germaniyalik hamkasblariga "Biz yutamiz, sizlar mundialni erta tark etasizlar. Mana Germaniyaga chipta", deb qog'ozda chiqarilgan qalbaki chiptani ularga tutib kulgu qiladi.

Ertasi kuni esa Germaniya oxirgi soniyalarda Shvetsiyadan g'alabani tortib oladi.

2-qism. Germaniya terma jamoasining murabbiylar shtabidagi ikki nafar mutaxassis Georg Belau va Ulrix Foygt esa Kroosning golidan so'ng Shvetsiya o'tirgan zaxira o'rindig'i tomon tashlanadi va ularni oldida o'z ehtiroslari bilan golni nishonlashadi.

3-qism. Shvetsiya murabbiyi esa matbuot anjumanida Germaniya zaxira o'rindig'idagi reakciyadan xafa bo'lganini va uzr so'rashlari lozimligini aytadi.

Ertasi kuni GFI (Germaniya futbol ittifoqi) Shvetsiyadan rasman uzr so'raydi.

4-qism. Shvetsiyalik muxlislar Meksika bilan o'yindan so'ng stadionda " Auf Wiedersehen" (xayr) - deya baralla kuylashadi.

5-qism. Germaniya esa Janubiy Koreyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng: "Meksika va Shvetsiyaga omad tilaymiz. Ular haqli ravishda guruhdan chiqishdi", deya raqiblariga omad tilashdi.

Nemis mashinasi JCH-2018 qanchalik xunuk tugatgan bo'lmasin, ammo Germaniya vakillari ushbu maydondan tashqaridagi "serial"ga aylangan o'ziga xos aytishuvni chiroyli va mardlarcha yakunlashgani tahsinga sazovor.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia