JCH-2018da Ronaldo qaysi jamoani yetakchi deb hisoblaydi?

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2018, 16:16
Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo Rossiyada o'tkaziladigan turnir yetakchisi qaysi jamoa ekanligini aytdi.

"Moskva menga yoqdi. Kechagina keldim. Braziliyada hamma jahon chempionati haqida o'ylamoqda. BU eng yaxshi murabbiy va futbolchilarga to'la o'zgacha turnir.

Go'zal musobaqa, ko'pchilikda yaxshi imkoniyat bor. Men uchun yetakchi - Braziliya, axir o'zim braziliyalikmanku. Ispaniya va Germaniya ham juda kuchli. Argentina va Fransiya terma jamoalari ham sovrin uchun da'vogar, biroq JCH-2002dan so'ng Braziliya terma jamoasi g'alaba qozonadigan payt keldi" - deydi Ronaldo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com