JCH-2018. Saralash bosqichi. Chernogoriya termasi safarda qo'shnilarimizdan ustun keldi

1 sen 2017, 23:13
Jahon chempionati-2018 saralash bosqichi Yevropa mintaqasida bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda.

“E” guruhidan o'rin olgan Qozog'iston-Chernogoriya uchrashuvida mehmonlar yirik hisobda g'olib chiqishdi. Yon qo'shnilarimiz darvozasiga kiritilgan gollardan biriga chernogoriyaliklar himoyachisi, “Paxtakor” klubi a'zosi Marko Simich muallifliq qildi.

Ushbu mag'lubiyatdan keyin Qozog'iston terma jamoasi JCHga chiqish imkoniyatidan butkul mahrum bo'lgan bo'lsa, chernogoriyaliklar 13 ochko bilan guruhda ikkinchi pog'onanin band etishgan.

JCH-2018. Saralash bosqichi.

Yevropa

7- tur

Qozog'iston – Chernogoriya 0:3 (0:1, 0:2)

Gollar: 0:1 – 31 Veshovich, 0:2 – 53 Bechiray, 0:3 – 63 Simich.

Kazaxstan – Loriya, Axmetov, Logvinenko, Shomko, Suyumbaev (Tagybergen, 85), Jukov (Bayjanov, 17), Kuat, Mujikov, Nurgaliev (Turisbek, 62), Murtazaev, Beysebekov.

Chernogoriya –Petkovich, SIMICH, Savich, Tomashevich, Veshovich, Yankovich, Kosovich (Ivanich, 54), Vukchevich, Marushich, Yovetich (Zverotich, 72), Bechiray (Mugosha, 84).

Ogohlantirish: Nurgaliev (21), Simich (43), Bayjanov (52), Mujikov (74).

E guruhidagi vaziyat:

1. Polsha – 16 ochko (6 o'yin);

2. Chernogoriya – 13 (7);

3. Daniya – 10 (6);

4. Ruminiya – 6 (6);

5. Armaniston – 6 (6);

6. Qozog'iston – 2 (7).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia