JCH-2018. Luis Suares: "Keyingi o'yinlarda o'zimni ko'rsataman"

Xayrulla Xoliqov
15 iyun 2018, 22:38
Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares Misr bilan kechgan o'yin haqida gapirdi.

- "Men o'z o'zimga tanqidchiman. Bugun 1:0 hisobida yutdik, biroq men o'z o'yinimni ko'rsata olmadim. G'alabadan xursandman, lekin o'z o'yinimdan xafaman. Men terma jamoaga yanada ko'prog'ini bera olaman. Har doim gollar urishni va jamoamga yordam berishni xohlayman. Hali ko'rasizlar, keyingi uchrashuvlarda o'zimni ko'rsataman", - deydi Suares.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.com