JCH-2018. Finalda kubokni maydonga rossiyalik model va Jahon chempioni olib chiqadi

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2018
FIFA Rossiyadagi Jahon chempionati finalidan oldin "Lujniki" stadioni maydoniga kubokni kimlar olib chiqishini e'lon qildi.

Fransiya va Xorvatiya o'rtasidagi o'yindan oldin rossiyalik model Natalya Vodyanova va Germaniya terma jamoasi sobiq sardori, JCH-2014 g'olibi Filipp Lam Jahon chempionati kubogini maydonga olib chiqishadi. Sovrin Louis Vuitton brendi tomonidan tayyorlangan maxsus keysda turadi.

Eslatib o'tamiz, final 15 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Ma'lumot uchun, JCH-2018 ochilish marosimidan oldin kubokni maydonga aynan Natalya Vodyanova hamda ispaniyalik Jahon chempioni Iker Kasilyas olib chiqishgandi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com