JCH-2018. "D" guruhida 1-tur yakunlandi, Argentina peshqadam emas
Tolibjon Qosimov
17 iyun 2018, 03:08
Bugun Rossiyada o'tayotgan mundialda "D" guruhidan o'rin olgan ikkita o'yin bo'lib o'tdi.
Argentina va Islandiya terma jamoalari o'zaro 1:1 hisobida durang o'ynashgan bo'lsa, Xorvatiya terma jamoasi Nigeriyani 2:0 hisobida taslim etdi. Shu tariqa, ushbu guruhda 1-turdan so'ng Argentina emas, Xorvatiya peshqadam bo'lib oldi.