JCH-2018. Avstraliyaning kengaytirilgan ro'yxatida 38 yoshli futbolchi bor

Narzulla Saydullayev
12 may 2018, 12:32
Bert Van Marveyk Avstraliya terma jamoasining JCH-2018 uchun kengaytirilgan ro'yxatini e'lon qildi.

32 nafar futbolchi orasida 38 yoshli Tim Kexill ham bor. Yakuniy 23 futbolchidan iborat ro'yxat 4 iyun kuni e'lon qilinadi.

"Sokkeruzlar" Jahon chempionatida "C" guruhida Fransiya, Daniya va Peru bilan kurash olib boradi.


Darvozabonlar: Mett Rayan ("Brayton", Angliya), Denni Vukovich ("Genk", Belgiya), Bred Djons ("Feyenoord", Gollandiya), Mitch Langerak ("Nagoya", Yaponiya).

Himoyachilar: Aziz Bexich ("Bursaspor", Turciya), Milosh Degenek ("Yokogama", Yaponiya), Mettyu Yurman ("Suvon", Janubiy Koreya), Jeyms Meredit ("Milluoll", Angliya), Josh Risdon ("Uestern Sidney"), Trent Seynsberi ("Grassxopers", Shveytsariya), Aleksandar Shushnyar ("Mlada Boleslav", Chexiya), Beyli Rayt ("Bristol Siti", Anliya), Fran Karachich ("Lokomotiv", Xorvatiya), Aleks Gersbax ("Lans", Fransiya).

Yarim himoyachilar: Josh Brillant ("Sidney", Avstraliya), Mile Edinak ("Aston Villa", Angliya), Jekson Irvayn ("Xall", Angliya), Robbi Kruz ("Boxum", Germaniya), Massimo Luongo (KPR, Angliya), Mark Milligan ("Al-Ahli", Saudiya Arabistoni), Aaron Muy ("Xaddersfild", Angliya), Tom Rogich ("Seltik", Shotlandiya), Jeyms Troizi ("Melburn").

Hujumchilar: Tim Kexill ("Milluoll", Angliya), Tomi Yurich ("Lyucern", Shveytsariya), Mettyu Leki ("Gerta", Germaniya), Endryu Nabbut ("Urava", Yaponiya), Nikita Rukavica ("Makkabi", Xayfa, Isroil), Dimitri Petratos ("Nyukasl Jets"), Deniel Arzani ("Melburn"), Jeymi Maklaren ("Xaybernian", Shotlandiya), Apostolos Yannu (AEK, Kipr).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: espn.com