

Javlon Ibrohimov elka suyagini sindirib olganligi sababli bugun operaciya stoliga yotqiziladi. Bu haqda "Bunyodkor" bosh murabbiyi Sergey Lushan "Qizilqum" bilan o'yindan keyingi tashkil etilgan matbuot anjumanida xabar qildi. Futbolchi kamida 2 oyni maydondan tashqarida o'tkazishi taxmin qilinmoqda.
Eslatib o'tamiz, 12 avgust kuni "Bunyodkor" O'zbekiston kubogi yarim final bosqichida "Paxtakor" bilan kuch sinashadi. Ushbu muhim o'yinda "qaldirg'ochlar"ga Javlon Ibrohimov yordam bera olmaydi.



