Jasur Jaloliddinov bugun "Zenit"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi

Alisher
7 avg 2020, 18:25
Bugun Rossiya Superkubogi doirasidagi "Zenit" - "Lokomotiv" o'yini bo'lib o'tadi.

Bundan bir necha kun oldin Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi Jasur Jaloliddinovning transferini e'lon qilgandi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, Jaloliddinov bugun debyut o'yinini o'tkazmaydi, sababi futbolchini klub ro'yxatdan o'tkazishga ulgurmagan.

Eslatib o'tamiz, Rossiya Superkubogi uchun "Zenit" - "Lokomotiv" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia