Jasur Hakimov: "Jiddiy o'yin bo'lishini oldindan bilardik"

Narzulla Saydullayev
13 fev 2019, 12:41
OCHL-2019 saralashi doirasidagi AGMK - "Istiqlol" (4:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar hujumchisi Jasur Hakimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Jiddiy o'yin bo'lishini oldindan bilgandik. Uchrashuv boshidagi xatolar bizga ozgina pand berdi. Xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib, g'alaba qozonishga harakat qildik va buni uddaladik.

Futbolda bazida gol ura olasiz, bazida ura olmaysiz. Raqib bilan tortishib ketdim? Futbolda bunday holatlar bo'lib turadi", - deydi Jasur Hakimov.


Jahongir Fayzullaev yozib oldi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia