Jarohatlangan De Xea bugungi o'yinda ishtirok etishi mumkin

Mirjalol Normatov
20 okt 2019, 14:13
Bugun "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi.

"MEN" nashri ushbu uchrashuv oldidan "Louri" mehmonxonasiga yetib kelgan "Manchester Yunayted" futbolchilari ro'yxatini e'lon qildi. Ushbu ro'yxatda yaqindagina jarohat olgan David De Xea ham o'rin olgan.

Darvozabonlar: De Xea, Romero, Grant.

Himoyachilar: Van-Bissaka, Maguayr, Lindelof, Tuanzebe, Jons, Roxo, Yang, Uilyams.

Yarim himoyachilar: Garner, MakTominey, Pereyra, Fred, Mata, Chong, Gomes, Jeyms.

Hujumchilar: Reshford, Marsyal, Grinvud.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: MEN