Jarohat olgan Vinisius necha hafta maydonga tushmaydi?

Aslanov Jasurbek
28 avg 2023, 20:53
Vinisius Junior jarohat tufayli bir necha haftani o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, "Real" vingeri "Selta"ga qarshi LaLiga bahsida o'ng sonining yuqori qismidan jarohat olgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Vinisius 6 hafta maydonga tusha olmaydi. U "Xetafe", "Real Sosedad", "Atletiko", "Las-Palmas" va "Jirona"ga qarshi LaLiga o'yinlari va bitta Chempionlar ligasi uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Realmadrid.com