Janubiy Koreya bosh murabbiyi: "Terma jamoa eshigi hammaga ochiq"

Xayrulla Xoliqov
12 dek 2018
Janubiy Koreya bosh murabbiyi Paulu Bentu OAVga intervyu berdi.

Intervyu mobaynida portugaliyalik murabbiy terma jamoani Osiyo Kubogiga tayyorgarligi hamda musobaqaga boradigan futbolchilar ro'yxati haqida gapirdi. Bentu dekabr yig'iniga 23 nafar futbolchini taklif etgan.

"Hali yakuniy ro'yxat ma'lum emas, - deydi portugaliyalik murabbiy. - Ammo terma jamoa eshigi hamma uchun ochiq. Bir-ikkita futbolchini ko'zdan kechirib olgach tez orada ro'yxatni e'lon qilamiz. Men eng avvalo futbolchilarning sifati va iqtidoriga qarayman. Qo'l ostimdagi jamoa kuchli bo'lishi shart".

"Dekabrdagi yig'inga besh nafar yangi futbolchini taklif etdim. Ular oldin terma jamoada o'ynamagan. Men uchun muhimi, Osiyo Kubogiga qadar jamoaning jismoniy holatini bir maromda ushlab turish. Musobaqada dastlabki ikki turni yetakchimiz Son Xyong Minsiz o'tkazishimizga to'g'ri keladi. Chunki "Tottenxem" bilan shunday kelishuvga erishganmiz. Son biroz kech qo'shiladi, lekin bu muammo bo'lmaydi".


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia