Janni Infantino: “Italiyasiz JCH - bu fojea”

FIFA prezidenti Janni Infantino Italiya termasining JCH-2018da ishtirok etmasligiga o'z munosabatini bildirdi.

“Birinchi navbatda men rahbar emas, balki muxlisman va tan olishim kerakki JCH-2018 musobaqasining final bosqichida Italiyaning ishtirok etmasli – bu fojea.

Italiya termasi o'zining oldigi mavqeiga, dunyo futboli cho'qqisiga qaytishi uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirish lozim”, dedi Infantino.

Italiya terma jamoasi JCH-2018 saralash bosqichidi o'z guruhida ikkinchi o'rinni egallab, o'tish bosqichidi ikki o'yin natijasiga ko'ra Shvetsiya (0:1, 0:0)ga imkoniyatni boy berib qo'ygandi


Manba: Football Italia