"Milan" posboni Janluiji Donnarumma Italiya klubi bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Bu haqda klub sport direktori Massimiliano Mirabelli ma'lum qildi.
"Biz Janluiji va uning agenti bilan gaplashdik. Donnarumma jamoada qolmoqchi. Yaqin orada uning agentlari bilan muzokara o'tkazamiz", - deydi Mirabelli Goal.com nashriga.