Jan: "Sarri menga umuman ishonch bildirmadi"

Mirjalol Normatov
19 apr 2020, 17:56
Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Emre Janning aytishiga ko'ra, unga "Yuventus"da bosh murabbiy Mauricio Sarri ishonch bildirmagan.

"So'nggi bir necha oy men uchun oson o'tmagandi. O'tgan mavsumda men jamoaning asosiy futbolchisi edim. Biz skudettoni yutdik, YCHLda bir necha ajoyib o'yinlar o'tkazdik. Yangi bosh murabbiy menga imkoniyat bermadi, biroq Turinda men yaxshi davrni o'tkazdim. Endi esa kitobimning bu varog'i yopildi", - dedi futbolchi.

Jan qishki transferlar oynasi vaqtida ijara asosida "Borussiya"ga o'tdi va fevral oyida klubning to'laqonli a'zosiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport Bild