Jamshid Saidov: "Birgina qo'pol xato sababli o'yin taqdiri hal bo'ldi"

Mirjalol Normatov
23 noya 2023, 21:30
Coca Cola Superliganing 25-turi doirasidagi "Neftchi" maydonidagi mag'lubiyatdan "Qizilqum" bosh murabbiyi Jamshid Saidov fikrlarini bildirdi.


- Birgina qo'pol xato va barchasi hal bo'ldi. O'yindan mamnunman, barcha bor kuchi bilan harakat qildi. Afsuski, yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'zimizda esa navbatdagi o'yinlarda omad. Yigitlar borlarini berishlari kerak. Oldimizda maqsad bor, shuni bajarishga majburmiz. Qattiq harakat qilib, vaziyatni o'nglashga harakat qilamiz.

- Inobatga olinmagan gol haqida.

- O'zim o'sha vaziyatni ko'rmadim. Takroriy lavhada esa to'p qo'lga tekkanini ko'rdim. Gol, offsayd, hakamlar qaror chiqardi. Barchasini ko'rib, taxlil qilib chiqamiz. Tarasov gol urgan vaqtda undan oldinda "Neftchi" futbolchisi bordek ko'rindi. Shu sababli bu vaziyatga e'tibor qaratmayman. Penalti vaziyatida esa to'p qo'lga tekkandek ko'rindi. Hakamlar ishlashdi, ular qaror chiqarishdi. Ularni muhokama qilishni istamayman.

- "So'g'diyona" Qarshida durang qayd etdi. "Qizilqum"ni o'tish o'yiniga olib bormaslik uchun qanday rejalar bor edi?

- Bugun g'alaba qozonib, o'tish o'yinida qatnashmaslik haqida o'ylagandik. Barchasiga nazariy jihatdan qaragandik va "Nasaf" o'z maydonida g'alaba qozonishini kutgandik. O'z navbatida biz bugun va kelasi turda "Turon"ni yutishni reja qilgandik. Bugun "Bunyodkor"ga yutqazgan "Metallurg" so'nggi turda "Olimpik"ni qabul qiladi. Ammo biz o'z vazifamizni bajara olmadik. 

- Kelasi mavsum Superligada 16 jamoa ishtirok etishi borasida gap-so'zlar tarqaldi. Shunday bo'lsa, Pro-liganing darajasi tushib kyetmaydimi?

- Pro-ligada ham yaxshi jamoalar bor. Menimcha, u yerda qancha kam va sifati jamoalar bo'lsa, shuncha yaxshiroq. Superligada 16 jamoa qilinsa, futbolchilar ham ko'proq bo'ladi va tanlov imkoniyati ham oshadi. Menimcha bu holat Pro-ligaga ta’sir qilmaydi. U yerda o'yinlar sonini ko'paytirib, yanada qiziqarliroq qilishadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia