Jamshid Boltaboev: “Bunyodkor” azaliy raqibimiz, shu bois o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik”

Narzulla Saydullayev
18 sen 2016, 12:58
Kecha chempionatimizning 22-turida “Paxtakor” klubi o'z maydonida “Bunyodkor” jamoasini qabul qilib (2:1) hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng “Paxtakor” klubi futbolchisi Jamshid Boltaboev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Beshta turdan beri biz g'alaba nimaligini bilmayotgan edik. “Bunyodkor” azaliy raqibimiz, shuning uchun ushbu o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Mashg'ulotlarni “Metallurg”ga qarshi uchrashuvdan so'ng boshlab yuborgandik. Jamoaviy o'yin ko'rsatganimiz evaziga g'alaba qozondik deb o'ylayman.  Murosasiz o'yin bo'lishi kutilgandi. Biz uchun birgina g'alaba yetishmayotgandi deb o'ylayman. Mana 3 ochkoga ham ega bo'ldik. Nasib qilsa keyingi o'yinlarda ham mana shu ruhda davom etamiz”, - deydi “Paxtakor” klubi futbolchisi Jamshid Boltaboev.

Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia