Jalil Kimsanov Tojikiston klubiga ko'chib o'tdi

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2019
Tojikistonning “Istiqlol” klubi o'zbekistonlik futbolchi Jalil Kimsanovni o'z safiga qo'shib oldi.

1986 yil Farg'ona viloyatining Qo'qon shahrida tavallud topgan mahoratli himoyachi o'tgan mavsumni “Neftchi”da o'tkazgandi. 33 yoshli himoyachi farg'onaliklar tarkibida 18ta uchrashuvda ishtirok etib, o'z hisobiga 1ta gol yozdirib qo'yishga erishdi.

Yaqinda Kimsanovga Tojikiston chempioni, Dushanbening “Istiqlol” klubidan taklif bo'ldi. Hozirda Antaliyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib borayotgan “Istiqlol” klubi 12 fevral kuni OCHL pley-off bosqichida AGMK jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsum "Istiqlol" tarkibida o'zbekistonlik yarim himoyachi Jahongir Abdumo'minov ham faoliyat yuritgan.


Jalil Kimsanov 5-raqamda


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia