Osiyo chempionati sovrindorlari taqdirlandi (VIDEO)
Aslanov Jasurbek
12 mar 2018, 16:57
Bugun O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi anjumanlar zalida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
O'FA vice-prezidenti Umid Ahmadjonov tadbirda ishtirok etib, futzal bo'yicha Osiyo chempionatida bronza medallarini qo'lga kiritgan O'zbekiston futzal terma jamoasiga sovg'alarni topshirdi.