

Ushbu bellashuvdan so'ng“So'g'diyona” hujumchisi,birinchi gol muallifi Ixtiyor Toshpo'latov o'z fikrlarini bildirdi.
- O'yin juda og'ir kechdi. Maydonda harakat qilgan barcha jamoadoshlarimga rahmat. Biz raqib jamoani yaxshi o'rganib maydonga tushdik. Jamoaga yordamim tekkanidan xursandman . O'z viloyatimda,o'z o'yimda o'ynash albatta ikki karra masuliyat yuklaydi. Jamoaga kelib qo'shilganimda,o'z oldimga yaxshi o'yin ko'rsatib ,gollar kiritishni maqsad qilgan edim. Shu maqsad sari oldinga yurishda davom etaman. Muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashi biz uchun kuch bo'ldi. Ularga cheksiz rahmat aytaman –deydi Toshpo'latov.
Dildora Xolboeva “So'g'diyona”matbuoti xizmati



